Semizlik bilan og‘rigan bemorlarda GO‘P-1 agonistlarining ichak mikrobiotasi holatiga ta’sirini baholash
Main Article Content
Abstract
Semizlik butun dunyo miqyosida ijtimoiy-sog‘liqni saqlash sohasining dolzarb muammolaridan bo‘lib, uzoq muddatli nogironlik va erta o‘lim xavfini oshiruvchi surunkali kasallikdir. Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) va Xalqaro Semizlik Federatsiyasi (World Obesity Federation) ma’lumotlariga ko‘ra, semizlik epidemik darajada tarqalmoqda: kattalar orasida: 2022 yil holatiga ko‘ra, butun dunyo bo'ylab 18 yoshdan oshgan 2,5 milliard kishi ortiqcha vaznga ega bo‘lgan. Ulardan 890 milliondan ortig‘i semizlik bilan yashaydi [1]. Tarixiy o‘sish: 1990 yildan 2022 yilgacha kattalar orasida semizlik darajasi ikki baravardan ko‘proqqa oshdi, o‘smirlar (5-19 yosh) orasida esa to‘rt barobarga ko‘paydi. Prognoz: Agar hozirgi tendensiyalar saqlanib qolsa, 2035 yilga kelib dunyo bo‘ylab semizlik bilan yashovchi kattalar soni 1,5 milliardga yetishi mumkinligi prognoz qilinmoqda [2]. So‘nggi yillarda semizlikni davolashda glyukagon-o‘xshash peptid-1 (GO‘P-1) agonistlari keng qo‘llanilmoqda. Ushbu guruh preparatlari nafaqat qonda glyukoza darajasini nazorat qilish, balki vaznni kamaytirish, ishtahani pasaytirish va ichak mikrobiotasi holatini o‘zgartirish orqali ham ta’sir ko‘rsatadi.
Article Details
References
World Health Organization. Official website 7 May 2025. Available from: (https://www.who.int/news-room/fact-sheets/detail/obesity-and-overweight)
World Obesity Federation. World Obesity Atlas March 2024. 3 Waterhouse Square, 138–142 Holborn, London, EC1N 2SW// www.worldobesity.org
